Roys JCH-2022ni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2022, 14:25
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumkor yarim himoyachisi Marko Roys mundialda Germaniya terma jamoasiga yordam bera olmaydi, deb xabar bedi "Sky Sports".

Britaniya matbuotiga ma'lum bo'lishicha, 33 yoshli vinger to'pig'idan olgan jarohati tufayli "bundestim" qaydnomasiga kiritilmaydi.

Marko Germaniya chempionati joriy mavsumida 7 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Roys 2 ta o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi hamda 2 marta assistentlik qildi.

Germaniya Jahon chempionati "E" guruhida Ispaniya, Yaponiya va Kosta-Rikaga raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports