Roy Kin forvard Erling Xolandni maqtadi

Alisher
8 avg 2022, 17:38
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Roy Kin "Manchester Siti" yangi o'yinchisi Erling Xolandning debyuti haqida gapirdi.

"Siti" uchun juda ham qulay g'alaba. Odamlar Xoland tezda APLga ko'nikib ketishiga shubha qilishgandi. Ammo, u o'z mahoratini namoyish etdi. Unda vaziyatlar bo'ladi, bugun buning guvohiga aylandik.

Uning 20tadan ortiq gol urishini aytishmoqda. Ammo, u penaltilarni ijro etmoqda, shunday ekan 30, 40ta gol bo'ladi.

Jarohatlardan qocha olsa, unda yaxshi imkoniyatlar bo'ladi. Unga qarshi chiqadigan himoyachilarga omad.

Uning harakat qilishi, tezlik olishi – Ronaldunikidek. U ham o'yinning borishiga juda ham ta’sir o'tkazishni xohlamaydi, ammo ish jarima maydonchasi ichiga yetib borsa, u juda ham faol bo'ladi", – deydi Roy Kin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk