"Rostov" muxlislari Shomurodovni iyul-avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topishdi

12 sen 2019, 19:25
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yana birinchi bo'ldi.

24 yoshli hujumchi muxlislar fikriga ko'ra, klubning iyul va avgust oylarida eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Bu haqda "Rostov" rasmiy sayti xabar berdi. Ikkinchi o'rinni Roman Eremenko egalladi. Kuchli beshtalikdan Matias Normann, Evgeniy Chernov va Xoren Bayramyan ham o'rin olishgan. 



Eslatib o'tamiz, transfer narxi 2,5 million evroga baholangan Shomurodov RPLning ushbu mavsumdagi to'purari bo'lib turibdi - 7 ta gol, 1 ta assist.


O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/rostovfc