"Rostov" futbolchisida koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
18 may 2020, 20:16
"Rubin" tarkibida ijarada o'ynayotgan "Rostov" futbolchisi Konstantin Plievda koronavirus aniqlandi.

Uning testi ijobiy natija bilan yakunlandi, deb xabar beradi "Rostov" rasmiy sayti.

"Konstantin o'zini yaxshi his qilmoqda va u Vladikavkazda shifokorlarning doimiy nazoratida bo'lib turibdi. U jamoaning boshqa a'zolari bilan kontaktda bo'lmagan. Unga sog'liq tilaymiz", - deb yozadi rostovliklar matbuot xizmati.

Pliev ushbu mavsumda "Rubin" tarkibida 12 o'yinda qatnashdi.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcrostov.ru