"Rostov" bir qator legionerlar bilan xayrlashishga tayyor

27 dek 2019, 02:21
"Sport-Ekspress" nashri xabariga ko'ra, "Rostov" klubi 4 nafar xorijlik futbolchilar bilan hamkorlikni to'xtatishga tayyor.

Jamoada eng ko'p maosh oladigan Ragnar Sigurdsson "Rostov" rahbariyatidan hamkorlikni muddatidan avval bekor qilishni so'ragan. Manbaning xabariga ko'ra, islandiyalik futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin.

Shuningdek, jamoani Born Sigurdarson (belgiya klubidan qiziqish bo'lmoqda), Anton Saletros (23 yoshli futbolchiga Shvetsiya va Vengriya chempionatining yetakchi klublari qiziqmoqda) va Vidar Kyartansson (29 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismini ijara asosida "Rubin"da o'tkazdi. Unga Turkiya, Xitoy va Shvetsiyadan takliflar bor) tark etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Rostov" sharafini himoya qiladigan hamyurtimiz Eldor Shomurodov mavsum yakuniga qadar rus klubida qolishi haqida avvalroq xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-Экспресс