

Jamoada eng ko'p maosh oladigan Ragnar Sigurdsson "Rostov" rahbariyatidan hamkorlikni muddatidan avval bekor qilishni so'ragan. Manbaning xabariga ko'ra, islandiyalik futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin.
Shuningdek, jamoani Born Sigurdarson (belgiya klubidan qiziqish bo'lmoqda), Anton Saletros (23 yoshli futbolchiga Shvetsiya va Vengriya chempionatining yetakchi klublari qiziqmoqda) va Vidar Kyartansson (29 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismini ijara asosida "Rubin"da o'tkazdi. Unga Turkiya, Xitoy va Shvetsiyadan takliflar bor) tark etishi mumkin.



