Rossiyada yangi mavsum qachon boshlanishi ma'lum. RFI taqvimni jamoalar uchun qulay qiladi

Eldor Akmurzayev
20 may 2021, 19:45
Rossiya futbol Ittifoqi ijroiya qo'mitasi 2021/22 yilgi mavsum taqvimini har bir jamoa uchun qulayroq qilishga harakat qilmoqda.

Mamlakat chempionati 25 iyul kuni boshlanishi rejalashtirilgan. Undan oldinroq, 17 iyulda esa “Zenit” va “Lokomotiv” o'rtasida Superkubok uchun bahs bo'lib o'tadi. Keyin jamoalar haftada bir marta o'yin o'tkazadi. Chempionatning kuzgi qismi 12 dekabrda tugaydi, bahorgi davra esa 2022 yil 27 fevralida boshlanadi.

Bu hali yakuniy qaror emas. Yangi loyiha may oyining oxirida rasmiylashtirilishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: РБ Спорт