Rossiyada ikki klub birlashdi

Mirjalol Normatov
25 may 2020, 20:43
"Dolgoprudniy" va "Olimp" klublari birlashishdi.

Endi yangi jamoa "Olimp-Dolgoprudniy" deb nomlanadi. Jamoaning bosh murabbiyi sifatida Rinat Bilyaletdinov tayinlandi. Klub direktorlar kengashi vakili etib Vladimir Gabulov etirof etildi. Taras Vorobel esa klubning prezidentiga aylandi.

Klub qarorgohi Dolgoprudniyga joylashadi va jamoa uy o'yinlarini mahalliy "Salyut" stadionida o'tkazadi.

2019/20 yilgi mavsumda "Dolgoprudniy" va "Olimp" jamoalari FNLning "Sharqiy" zonasida ishtirok etib, ikkinchi va oltinchi o'rinlarni egallagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru