"Lokomotiv"ning sobiq darvozaboni 27 may kuni faoliyatini yakunlaydi

Mirjalol Normatov
6 may 2018, 14:55
"Dolgoprudniy" jamoasi darvozaboni Aleksandr Filimonov faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 44 yoshli posbon ushbu mavsumdan keyin faoliyatini yakunlaydi. Faxriy futbolchi 27 may kuni so'nggi uchrashuvini o'tkazadi.

Filimonov 2009-2010 yillarda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya qilgandi. Shuningdek, Rossiya futbol va plyaj futboli termalari darvozasini qo'riqlagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: footballhd.ru