Rossiya va Marokash terma jamoalarining o'yiniga 10 mingdan ko'proq chipta sotildi

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2014, 11:25
6 iyun kuni o'tkaziladigan Rossiya va Marokash terma jamoalari o'yiniga 10 mingdan ko'p chipta sotildi.
“Sport-ekspress”ning taxmin qilishicha, “Lokomotiv” stadioniga 15-20 ming muxlis kelishi kutilmoqda.

Bu o'rtoqlik o'yiniga chiptalar 28 may kuni sotuvga chiqqan. Chipta narxlari 300 rubldan to 15 ming rublgacha belgilangan. Bu o'yindan so'ng Fabio Kapello jamoasi Braziliyaga uchib ketadi va u yerda 11 iyun kuni so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini “Ituano” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

2014 yilgi Jahon chempionatida Rossiya guruhda Janubiy Koreya, Belgiya va Jazoir bilan maydonga tushadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com