
"Bugun FIFA taqvimiga o'zgartirish kiritildi. 20-28 mart va 5-13 iyun kunlari ikkitadan o'yin bo'ladi, keyin Konfederatsiyalar Kubogi. 28 avgust 5 sentyabr, 2-10 oktyabr, 6-14 noyabr oralig'ida ham ikkitadan uchrashuv o'tkaziladi. Demak, kelasi yil terma jamoamiz Konfederatsiyalar Kubogisiz 10 ta o'yin o'tkazadi.
Fevralda o'ynay olmaymiz, xalqaro taqvim bor, faqat uning doirasida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz. Fevralda bunday sana yo'q. Dekabrni ko'rib chiqamiz. Liga qo'llab-quvvatladi. Endi Cherchesov bu yig'in borasida aniqlik kiritishi kerak. O'sha paytda yig'in va o'rtoqlik bahsi o'tkazish imkoni bor, ammo faqat Rossiya tashqarisida" - deydi Mutko.