Rossiya milliy termasi Misr olimpiyachilariga qarshi o'ynaydi

Mirjalol Normatov
2 sen 2023, 02:50
Rossiya milliy terma jamoasining Misr olimpiyachilariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari sanalari ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, bahslar 7 va 11 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. O'yinlar Misrdagi Suec shahrida o'tkaziladi. Rossiya termasining 4 sentyabr kuni o'tkaziladigan yig'iniga 49 nafar futbolchi jalb qilingan.

Shuningdek, 12 sentyabr kuni Qatar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini ham bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/teamrussia/4591