

Moskvaning SSKA klubi o'z maydonida Tulaning “Arsenal” klubini qabul qilib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Daniil Lesovoy kiritgan gool tulaliklarga muhim uch ochkoni keltirdi.
Bu g'alabadan keyin “Arsenal” 22 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, SSKA 33 ochko bilan 4-pog'onani band etib turibdi.
Turning yana bir o'yinida “Krasnodar” minglab muxlislar qarshisida “Tambov”ni qabul qilib, golsiz durangga imzo chekdi -0:0.



