Rossiya birinchi divizioni. Tursunov, Afonin va Mirzaev haqida

Narzulla Saydullayev
9 okt 2013, 15:12
Kecha Rossiya birinchi divizionida 17-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
E'tiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga qaratamiz.

Vadim Afonin to'p tepayotgan "Salyut" klubi o'z uyida "Dinamo" bilan bellashib durang qayd etdi - 1:1. Hamyurtimiz o'yinda to'liq harakat qildi. "Salyut" ushbu durangdan so'ng o'z ochkolarini 21taga etkazib oldi va 11-o'ringa chiqib oldi.

SALYUT - DINAMO SPB - 1:1 (0:0)
Gollar:
Miroshnichenko, 60-penalti (1:0). Markelov, 63 (1:1).
Chetlatish: Miroshnichenko 79.

"Nefteximik" esa o'z maydonida "Shinnik"ka mag'lub bo'ldi - 1:2. Uchrashuvda hamyurtimiz Davron Mirzaev dastlabki bo'limda o'ynab ikkinchi bo'limda boshqa futbolchiga almashtirildi. "Nefteximik" 11 ochko bilan 18-o'rinni band etgan.

NEFTEXIMIK - SHINNIK - 1:2 (1:2)
Gollar:
Chala, 3 (1:0). Dudchenko, 18 (1:1). Zotov, 43 (1:2).

Sanjar Tursunov kecha "Gazovik" safida sobiq klubi "Alaniya"ga qarshi safarda maydonga tushib to'liq o'ynadi. Bahsda "Alaniya" 3:0 hisobida zafar quchdi. "Gazovik" hisobida 25 ochko mavjud, klub 7-o'rinda bormoqda.

ALANIYA - GAZOVIK - 3:0 (2:0)
Gollar:
Priskin, 22 (1:0). Priskin, 44 (2:0). Priskin, 48 (3:0).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia