Ronalduning sobiq qiz o'rtog'i portugaliyalikni himoya qildi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2018, 11:54
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning sobiq qiz o'rtog'i Raffaella Fiko ayolni zo'rlashda ayblanayotgan futbolchini himoya qildi.

"Bu haqida eshitib hayron bo'ldim. Ronaldu bilan munosabatlarimiz 11 oy davom etgan. U oddiy, o'zini bosib olgan yigit. U men bilan o'zini jentlmendek tutgan. Uyda u mashq qilardi, filmlar ko'rardi" - deydi Fiko.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli amerikalik Ketrin Mayorga Ronalduni zo'rlashda ayblagan edi. Ma'lum bo'lishicha, portugaliyalik 2010 yilda qizga jim yurishi uchun 375 ming dollar to'lagan. Bazi ma'lumotlarga ko'ra, endi u futbolchidan yana 200 ming dollar olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo