Ronalduning Al Nassr bilan yangi kelishuviga ko'ra haftasiga qancha maosh olishi ma'lum

Khoja
15 yanv 2025, 10:40
Avvalroq Krishtianu Ronaldu Al Nassr bilan yangi shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.

Yangi kelishuvga ko'ra futbolchi haftasiga 3,6 million evro maosh oladi. Shuningdek, futbolchining shartnomasi jamoaning natijasiga qarab, qo'shimcha bonuslar ham qo'shilishi yozilgan.

Krishtianu Ronaldu Al Nassr safida 2023 yilning yanvaridan beri harakat qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida portugaliyalik hujumchi 84 ta uchrashuvda maydonga tushib, 75 ta gol urdi va 18 ta golga assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com