Ronalduning agenti hujumchining "Atletiko"ga o'tishini talab qilmoqda

Alisher
22 iyul 2022, 11:24
"Manchester Yunayted" hujumchisida faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variant bor.

37 yoshli portugaliyalik "Atletiko"ga o'tadi yoki "Manchester Yunayted"da qoladi.

Qayd etish kerakki, Madrid klubi hujumchiga qiziqmoqda va uning talablarini qondiradi.

Ronalduning Manchester klubida qolish ehtimoli kam. Agent Jorje Mendesh uning transferini talab qilmoqda.

Ammo, "Atletiko"da Ronaldu uchun joy topilishi oson emas, xususan jamoada hujumchilar juda ko'p, bundan tashqari, "matraschilar" muxlislari va Krishtianuning o'rtasida oldindan "nizo" bor.

Ronaldu o'tgan mavsum manchesterliklar safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


"Atletiko" prezidenti Ronaldu bilan shartnoma haqidagi savolga javob berdi 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsfrance.com