

Xabaringiz bor, hozirda "Chelsi" bosh murabbiyi hisoblangan Mauricio Sarri Turin klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turgani xabar qilingandi. Ammo vaziyatni "keksa sinora" yetakchisining xohishi o'zgartirib yuborishi mumkin.
Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, jamoaning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu boshqaruvni o'zi "Real"da birga ishlagan Joze Mourinyo qo'lga olishini istamoqda. Forvard rahbariyatdan aynan portugaliyalik murabbiy bilan bitim imzolashni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, Mourinyo o'tgan yil dekabr oyida "Manchester Yunayted"ni tark etgach, ishsiz yuripti.



