Ronaldu yangi shartnoma bo'yicha yiliga 23,6 mln. evro ishlab topadi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2016, 15:32
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z klubi bilan yangi bitim tuzganidan so'ng, uning yillik maoshi ham oshdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik futbolchining "Qirollik klubi"dagi yangi yillik maoshi 23,6 mln. evroga etdi. Shunday qilib, agar Ronaldu shartnomasi yakunlangunicha "Real"da qolsa, 118 mln. evro ishlab olishi mumkin.

Uning avvalgi maoshi 21 mln. evro bo'lgan. Yangi bitim 2021 yilning 30 iyunigacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Correio da Manha