Ronaldu va ten Xag gaplashib olishdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyun 2022, 15:51
Krishtianu Ronaldu bu yoz "Manchester Yunayted"ni tark etmaydi.

"Manchester Yunayted" yangi ustozi Erik ten Xag va portugaliyalik forvard o'rtasidagi suhbat ko'ngildagidek o'tgan.

Ayni paytda Ronaldu boshqa klublar bilan muzokara olib bormayapti, deb xabar bergan Fabricio Romano.

Avvalroq Krishtianuga "Roma" qiziqayotgani xabar qilingandi. Romanoning yozishicha futbolchining maoshi Italiyaning har qaysi klubi uchun ko'plik qiladi.

O'tgan mavsum 37 yoshli forvard "qizil iblislar" safida 39 uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru