

Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va Pepe bir mavsumda Yevropa chempionati va Yevropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan 8 va 9-futbolchiga aylanishdi.
Ikkala futbolchi may oyida Real bilan YCHL g'olibi bo'lgandi.
Oldinroq bunday natijaga quyidagi etti futbolchi erishgandi:
1964 – Luis Suares Miramontes (Inter va Ispaniya terma jamoasi).
1988 – Xans van Brekelen, Ronald Kuman, Berri van Arle, Gerald Vanenburg (PSV va Gollandiya).
2012 – Fernando Torres, Xuan Mata (Chelsi va Ispaniya).


