Ronaldu tibbiy ko'rikdan o'tdi va "Manchester Siti"ga qarshi bahsda maydonga tushishga umid qilyapti
Aslanov Jasurbek
28 apr 2016, 12:22
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida maydonga tushishga umid qilyapti.
Portugaliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va unda mushaklar ajralishi aniqlanmadi. Ammo hujumchining "Real Sosedad"ga qarshi Ispaniya chempionatining 36-turid maydonga tushishi so'roq ostida. U tavakkal qilmoqchi emas.