Ronaldu qizil kartochka, Shensni esa kech qolgani uchun qanday sovg'aga tushgan?

Eldor Akmurzayev
29 mar 2020, 20:20
“Yuventus” kiperi Voycex SHHesni Krishtianu Ronalduning jamoadoshlariga qilgan sovg'asi haqda oshkor qildi.

2018 yil YCHL doirasida o'tgan “Valensiya”ga qarshi bahsda Ronaldu maydondan chetlatildi. O'sha vaqt turinliklar ustozi bo'lgan Massimiliano Allegri klubda o'ziga xos qoida o'rnatgandi. Yani, qizil kartochka olgan va kech qolgan futbolchi klubdoshlariga qandaydir sovg'a hadya qilishi kerak edi.

“Hozir barchamizda iMac bor. Lekin, biroz kutishga to'g'ri keldi, chunki, Ronaldu ushbu qizil kartochkadan norozi bo'lgandi va u hech qanday yomon ish qilmaganini aytgan edi. 2 oy davom etgan munozaradan keyin esa nihoyat iMac'larga ega bo'ldik.

Bir marta kunlarni adashtirib yubordim, seshanba deb o'ylagandim, ammo o'sha kun chorshanba edi. Allegri menga qo'ng'iroq qildi va barcha yig'ilganini aytdi. Mashg'ulotga yarim soat kechikdim va hamma menga: “Oh, biz sovg'alarga ega bo'lamiz”, deya tikilishdi. Oxir-oqibat hammaga Dr.Dre Beat quloqchin (naushnik)larini sotib oldim”, deydi posbon.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru