Ronaldu qizi bilan tushgan suratini joyladi: "Hayoting birinchi yili bilan tabriklayman. Otang seni yaxshi ko'radi!"

Sherzod Nurmatov
18 apr 2023, 18:57
Krishtianu Ronaldu qizini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.

"Al Nassr" hujumchisi qizi Bella bilan tushgan suratini yukladi.

"Seni hayoting birinchi yili bilan tabriklayman. Otang seni juda yaxshi ko'radi", – dedi portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili futbolchining sevgilisi Jorjina Rodriges qiz farzandli bo'lgandi. Er-xotin egizaklarni kutayotgandi, lekin o'g'li vafot etdi, faqat qizi omon qoldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Cristiano