Ronaldu Pirlo bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
29 may 2021, 23:28
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Andrea Pirloning "keksa sinora" bosh murabbiyi lavozimidan bo'shatilganiga munosabat bildirdi.

"Rahmat, maestro. Sen bilan ishlash men uchun sharaf edi", – deb yozdi yulduz futbolchi o'zining Instagram storisida.

Eslatib o'tamiz, 42 yoshli Pirlo "Yuventus" boshqaruvida bir mavsum ishladi. U Italiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi,  A Seriyada 4-o'rinni oldi va Chempionlar Ligasida 1/8 final bosqichigacha yetib bordi.

Ronalduning o'zi ham klubni tark etishga yaqin turibdi. Portugaliyalik allaqachon jamoadoshlari bilan xayrlashgani haqida ma'lumotlar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/cristiano