Ronaldu o'zi bilan birga ishlagan murabbiylar haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2018, 21:12
"Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronaldu o'zi ishlagan murabbiylar haqida gapirib o'tdi.

"Shubhasiz, Fergyuson faoliyatim avvalida menga yaxshigina ta’sir ko'rsatgan. U menga kuchli chempionat - APLda qanday o'ynash kerakligini o'rgatgan. U men uchun futboldagi otamdir.

Har bir murabbiy faoliyatimda muhim rol o'ynaydi.

Mourinyo bilan yana ishlash? Nima uchun yo'q. U yana cho'qqida. Menda ko'plab ajoyib murabbiylar bo'lgan. Biroq, Mourinyo o'zgacha fikr egasi. U har bir mayda ko'ringan detallarga e'tibor bera oladi.

Zidanning kelishi faoliyatimda eng yaxshi mavsumlarimdan birini o'tkazishimga sabab bo'lgan. Uning qo'l ostida ishlaganimdan faxrlanaman", - dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mirror.co.uk