Ronaldu Millatlar ligasiga boykot e'lon qilmagan

Aslanov Jasurbek
27 okt 2018
Portugaliya terma jamoasining sentyabr va oktyabrdagi o'yinlarini o'tkazib yuborgan "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu navbatdagi oyda o'z jamoasiga yordam beradi.

Forvard yangi jamoasiga ko'nikish uchun avvalgi oylarda milliy jamoaning o'yinlarida qatnashmadi. Endi Ronaldu terma jamoa safida o'ynashga tayyor. Portugaliya terma jamoasi 17 va 20 noyabr kunlari Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Italiya va Polshaga qarshi o'ynaydi.

Oldinroq, Ronaldu UEFAga boykot e'lon qilib, Millatlar ligasi bahslarida ishtirok etmasligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport