Ronaldu mashg'ulotlarga qaytdi! U Turkmanistonga uchadimi?

Aslanov Jasurbek
9 fev 2026, 22:41
Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu va "Al Nassr" o'rtasidagi keskinlik nihoyat o'z echimini topdi.

"A Bola" nashrining xabar berishicha, 41 yoshli hujumchi jamoa mashg'ulotlariga to'liq qaytgan.

Mojaro nima bilan tugadi? Ronaldu nafaqat Saudiya investiciya fondi (PIF) siyosatiga, balki klubning bazi xodimlariga maoshlar kechiktirilayotganiga ham norozilik bildirib, o'yinlarni boykot qilgan edi. "Al Nassr" rahbariyati yulduz futbolchining talablariga yon bosdi va barcha qarzdorliklarni to'lab berdi.

Ronaldu qachon maydonga qaytadi?

Chorshanba kuni, 11 fevral oqshomida Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Turkmanistonning "Arkadag'" jamoasiga qarshi kechadigan bahsda Ronaldu ishtirok etmaydi. Murabbiylar shtabi unga dam berishga qaror qilgan.

Ronalduning rasmiy qaytishi shanba kuni, 14 fevralga rejalashtirilgan. Shu kuni "Al Nassr" Saudiya Pro-ligasi doirasida "Al Fateh"ga qarshi maydonga tushadi.

Ko'rinishidan, Krishtianu o'z maqsadiga erishdi va jamoadagi ichki muhitni sog'lomlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Endi barcha e'tibor yana uning maydondagi gollariga qaratiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola