Ronaldu "Lechche"ga qarshi o'ynamasligi mumkin

Alisher
26 iyun 2020, 16:36
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 28-tur doirasidagi "Lechche"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri 35 yoshli portugaliyalik futbolchiga dam olish imkoniyatini yaratmoqchi. Ammo Ronalduning o'yinda ishtirok etishi borasidagi qaror hali qabul qilinmadi.

Ronaldu joriy mavsum "Yuventus" tarkibida A Seriya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" - "Lechche" o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com