Ronaldu La ligada 300ta golni Messidan tezroq urdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2018, 08:50
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha Ispaniya chempionatida o'zining 300-golini urdi.

Portugaliyalik futbolchi Alavesga qarshi bahsda (4:0) dublga erishdi. Ikkinchi gol yubiley bo'ldi.

Hujumchi La ligada Real safida 285ta o'yin o'tkazdi. Ronaldu 300ta golni Barselona hujumchisi Lionel Messidan tezroq urdi.

Argentinalik futbolchi o'zining 300-golini 326-uchrashuvida urgan edi.

Ronaldu 300ta to'p kiritish uchun Messidan ko'ra 41ta o'yin kamroq o'ynadi. Portugaliyalik La ligada har o'yinda o'rtacha 1,05tadan gol urmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com