Ronaldu ketma-ket 5 ta o'yindan beri gol urolmayapti

Alisher
29 iyul 2023
Ronaldu "Al Nassr"ning Arab chempionlari kubogi doirasidagi "Al Shabab"ga qarshi o'yinida zaxiradan maydonga tushdi.

38 yoshli Krishtianu Ronaldu o'yinni zaxira o'rindig'ida boshladi.

"Al Nassr"ning portugaliyalik forvardi 62-daqiqada maydonga tushdi va samarali harakat qayd eta olmadi. U ketma-ket 5 ta o'yindan beri gol urolmayapti.

Klublar o'rtasidagi Arab chempionlari kubogi Saudiya Arabistonining uch shahrida o'tkazilmoqda.

Turnirda 16 ta klub, jumladan Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA, Qatar, Misr, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash va Iroq vakillari ishtirok etmoqda.

Jamoalar 4 ta guruhga bo'lingan, 8 ta eng yaxshi jamoa pley-offda kurashni davom ettiradi. Turnir g'olibi 6 million dollar miqdorida mukofot oladi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail