Ronaldu: "Istasam keyingi yil faoliyatimni yakunlayman"

Mirjalol Normatov
21 avg 2019, 21:42
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

"Futbol menga pul uchun kerak emas, pullarim etarlicha. Menga yuqori ambiciyali loyihalar kerak, "Yuventus" - ulardan biri. Menga bu jamoa doimo yoqqan. Ular Italiya va dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri.

Istasam keyingi yiliyoq futboldagi faoliyatimni yakunlayman yoki 40, 41 yoshgacha futbol o'ynayman. Har doim futboldan lazzatlanganman. Men uchun hozirgi zamon muhimroq", - dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TVI