

- Gonsalo Iguain ajoyib futbolchi. Ushbu hujumchi bilan birgalikda to'p tepganmiz. Hozirda Iguain ko'p gollar urmoqda. Lekin haqiqiy baho mavsum oxiriga kelib qo'lga kiritilgan sovrinlar bilan o'lchanadi. Umid qilamanki, Iguainning YCHLdagi ishlari yaxshi yurishmaydi. Chunki YCHLda yana biz muvaffaqiyat qozonmoqchimiz.
Chempionlar ligasini ketma-ket yutgan ilk jamoaga aylanishimizni xohlayman. Iguain esa A Seriyada "Yuventus" bilan bemalol chempion bo'laversin.



