Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligini aytdi

Оқил Абдубарноев
25 fev 2022, 20:16
"Manchester Yunayted"ning 37 yoshli portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu qachon professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Hozircha portugaliyalik futbolchi "butsasini mixga ilmoqchi" emas. Dazn bilan suhbatda Ronaldu chempionlik uchun kurashish imkoniyatini beradigan jamoada o'ynashni davom ettirishga tayyorligini aytdi. Ronaldu o'z nutqida ehtimol yana to'rt-besh yil o'ynashi, ammo u shu vaqt ichida imkon qadar ko'proq sovrin yutish niyatida ekanini ta'kidladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Dazn