Ronaldu – eng obro'li sportchi

Sherzod Nurmatov
27 sen 2020
Portugaliyalik yana bir yutuq bilan ajralib turdi.

YouGov tadqiqot markazi dunyodagi eng obro'li insonlar reytingini e'lon qildi, deb xabar berdi Give Me Sport. "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu sportchilar orasida yetakchiga aylandi. U umumiy reytingda 6-o'rinni egalladi.

Sportchilar orasida ikkinchi o'rindan "Barselona" hujumchisi va sardori Lionel Messi joy oldi. Argentinalik umumiy reytingda 11-o'rinni band etdi. Sobiq basketbolchi Maykl Jordan sportchilar orasida uchinchi o'rinda qayd etildi va umumiy reytingda 13-o'ringa joylashdi.

Dunyoning eng obro'li kishilari (Top-10):

1. Barak Obama (siyosatchi, AQSH sobiq prezidenti);

2. Bill Geyts (tadbirkor, Microsoft rahbari);

3. Si Czinpin (Xitoy Prezidenti);

4. Narendra Modi (Hindiston Bosh vaziri);

5. Jeki Chan (aktyor);

6. Krishtianu Ronaldu (futbolchi);

7. Jek Ma (tadbirkor, Alibaba Group asoschisi);

8. Dalay Lama (buddistlarning diniy yetakchisi);

9. Ilon Mask (tadbirkor, ixtirochi, Tesla va SpaceX boshlig'i);

10. Kianu Rivz (aktyor).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Give Me Sport