Ronaldu YCHLda 2017 yilda eng ko'p gol urdi, Messi beshtalikda ham yo'q

Tolibjon Qosimov
19 okt 2017, 11:24
Kecha YCHL 3-turi o'z nihoyasiga etdi.

Chempionlar ligasining ushbu turida "Tottenxem" darvozasini penaltidan ishg'ol qilgan Krishtianu Ronaldu ushbu musobaqada joriy taqvim yil (2017 yil)ida eng ko'p gol urgan futbolchi bo'lib turibdi. Ronaldu shu yilning o'zida 15ta gol urdi. Ikkinchi o'rinda 8ta gol bilan PSJning 18 yoshli hujumchisi Kilan Mbappe bormoqda. "Barselona" yetakchisi Lionel Messi esa bu ro'yxatda beshtalikda ham yo'q.

YCHLda 2017 yilda eng ko'p gol urganlar:

Krishtianu Ronaldu ("Real") - 15ta gol

Kilian Mbappe (PSJ) - 8ta

Edinson Kavani (PSJ) - 6ta

Neymar (PSJ) - 5ta

Xarri Keyn ("Tottenxem") - 5ta


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Squawka