Ronaldu Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Aziz Tukhtamuradov
5 may 2017, 17:30
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida joriy hafta o'tkazilgan o'yinlar bo'yicha eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Portugaliyalik ushbu sovrin uchun "Yuventus" forvardi Gonsalo Iguain bilan raqobatchilik qildi.

"Real" "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvida 3:0 hisobida g'alabaga erishdi, Krishtianu Ronaldu esa xet-trik qayd etdi. Portugaliyalik 82% ovoz to'pladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com