Ronaldu "Atletiko"ga o'tmaydi, transfer iqtisodiy jihatdan imkonsiz. O'tish haqidagi mish-mishlarni Krishtianuning atrofidagi insonlar tarqatmoqda

Alisher
18 iyul 2022, 17:38
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Atletiko"ga o'tmaydi.

Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Madrid klubi ehtimoliy transferni iqtisodiy jihatdan imkonsiz deb atadi. "Matraschilar" ayni damda portugaliyalikning yuqori maoshini ham, uning transferi uchun to'lovni ham amalga oshira olishmaydi.

Qayd etish kerakki, portugaliyalikning "Atletiko"ga ehtimoliy transferi Ronalduning atrofidagi insonlar tomonidan tarqatilmoqda, klubning o'zi esa bu g'oyani tezda rad etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: marca.com