Ronaldu "Al Nassr" bilan shartnomasini uzaytirib, JCH-2026da ishtirok etmoqchi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2023, 00:49
Krishtianu Ronaldu "Al Nassr" bilan yangi bitim tuzishni xohlayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, 38 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasi tasarrufiga uchib ketishdan avval klub rahbariyatiga 2027 yilgacha bo'lgan bitim tuzmoqchi ekanligini aytgan.

Ronaldu JCH-2026da ishtirok etib, shundan so'nggina faoliyatini yakunlamoqchi.

Futbolchi joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatining 8ta o'yinida 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru