Ronaldu 49-golini urdi, u Keyn va Mbappega yetib oldi

Aziz Tukhtamuradov
9 dek 2023, 09:15
Ronaldu 2023 yildagi 49-golini urdi.

Faqatgina Erling Xoland bu yil Ronaldudan ko'proq gol urgan. 

"Al Nassr" futbolchisi "Ar Riyod"ga qarshi bahsda gol urdi va bu yil hisobidan gollari sonini 49 taga etkazib oldi. 

Bu orqali u Xarri Keyn va Kilian Mbappega yetib oldi. 

2023 yilda klub va terma jamoada gol urish bo'yicha birinchi o'rinda Erling Xoland turibdi. U bu yil 50 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta