Ronaldo: "Mbappe menga eng yaxshi yillarimni eslatmoqda"

Sherzod Nurmatov
26 dek 2022, 11:29
Braziliya termasi sobiq futbolchisi Ronaldo Fransiya termasi hujumchisi Kilian Mbappening JCH-2022dagi o'yini haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"U birinchi o'yindan to finalgacha JCHni ajoyib o'tkazdi. Finalda u g'ayrioddiy edi. Texnik jihatdan Mbappe eng zo'ri, uni deyarli to'xtatib bo'lmaydi. Kilianni Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb atash mumkin edi, chunki u bunga to'la loyiq.

Bu mundialda tezkor o'yinchilar ko'p bo'ldi, lekin Mbappe eng tezkori edi. U menga eng yaxshi yillarimni eslatmoqda. Kichkina bo'shliqdan qanday foydalanishni biladi, to'p bilan o'ynashda oldindan aytib bo'lmaydigan ishlarni bajaradi, to'psiz ham yaxshi harakat qiladi. Men undan hayratdaman".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport