Ronaldo: "Eng yaxshi mavsumimni "Barselona"da o'tkazgan bo'lsamda, "Real"dan ko'proq minnatdorman"

Aslanov Jasurbek
28 dek 2017, 13:13
"Real" va "Barselona" sobiq hujumchisi Ronaldo Kataloniya klubidan ketishi haqida aytib berdi.

Braziliyalik 1996-1997 yillarda ko'k-anorranglilar sharafini himoya qilgan, keying esa "Inter"ga o'tib, bir qancha vaqtdan so'ng "Real" safini to'ldirgan.

"Eng yaxshi mavsumimni Barselona"da o'tkazgan bo'lsamda, "Real"dan ko'proq minnatdorman. Xotiralarim Madrid bilan bog'liq. "Barselona"dagi hikoyam Neymarniki kabi yomon yakunlangan. Romario va Ronaldinyo bilan ham shunday bo'lgan. Ammo Barselona ajoyib shahar va zo'r klub" - deydi Ronaldo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo