Ronaldo: “Bu ertami-kech amalga oshadi”

Eldor Akmurzayev
2 fev 2022, 08:00
Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo Yevropa Superligasi haqida fikr bildirdi.

“Bu ertami-kech amalga oshadi. Futbol rivojlanib bormoqda, u tobora takomillashmoqda. Biroq, bu nima bilan tugashini bilmaymiz.

Top klublar qimmat futbolchilarga ko'proq pul to'lashni xohlashadi. Superliganing avvalgi formati falokatli edi, u endi boshqacha bo'ladi va bu sodir bo'ladi. Ayni dam futbol industriyasini rivojlantirish uchun futbol rahbarlari o'rtasida dialog yo'q. Nega FIFA, UEFA va turli ligalar bir-biri bilan fikr almashmasligini tushuna olmayapman”, deydi Ronaldo.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca