Romero faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin

Alisher
8 okt 2020
"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero MLS klublaridan biriga o'tishi mumkin.

33 yoshli argentinalik futbolchi o'yin amaliyoti sabab APL klubini tark etishga tayyor. Oldinroq unga "Everton" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirayotgan xabar qilingan edi.

Romero 2019/20 yilgi mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 12ta to'p olib chiqdi.

Transfermarkt darvozabonni 2,8 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail