Romero faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin

Alisher
26 iyun 2021, 15:18
"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero "Everton"ga o'tishi mumkin.

Angliya klubi 34 yoshli argentinalik bilan zaxira darvozaboni sifatida shartnoma imzolamoqchi. Sababi o'tgan mavsum "Roma"dan ijara asosida o'ynagan Robin Olsenning xaridi amalga oshmasligi mumkin.

Romero uchun shuningdek "Selta" va "Yuventus" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Romero 2020/21 yilgi mavsum MYU libosida maydonga tushmadi. Futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic