Romario: "Neymar Peleni ortda qoldirishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2014, 17:27
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Romario Neymarning o'yiniga yuqori baho berdi.

"Neymar yosh bo'lishiga qaramay, dunyo futbolida o'z o'rniga ega. U braziliyaliklar ishonadigan futbolchilardan biri. Neymar tarixda iz qoldirishi uchun hamma narsaga ega. Bizda ko'plab iqtidorli futbolchilar bo'lgan, ammo ularning hammasi ham bu istedodni yuzaga chiqara olmagan.

Bu jahon chempionati uniki bo'lmadi, ammo vaqt bor. Neymar 22 yoshda, u esa terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar safiga yaqinlashmoqda. Agar u shu temda ketaversa, ertami kechmi Peleni ortda qoldiradi" - deydi Romario.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru