

Rimliklarni boshqarishga asosiy nomzod - Komo bosh murabbiyi Sesk Fabregas bo'lib turibdi. Ispaniyalik mutaxassisdan tashqari yana Franchesko Farioli (Ayaks), Patrik Vieyra (Jenoa) va Stefano Pioli (Al Nassr) kabi murabbiylar jamoani boshqarishga da'vogarlar qatoridan joy olishgan.
Eslatib o'tamiz, Romaning amaldagi bosh murabbiyi Klaudio Raneri yozda murabbiylik faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan.




