Roman Pavlyuchenko: "Kanchelskisni APLda o'ynagan eng yaxshi rossiyalik deb topishgani adolatli"

Tolibjon Qosimov
17 apr 2020, 06:34
"Tottenxem" sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko o'zining APL tarixidagi eng yaxshi rossiyalik legionerlar beshligiga kirgani haqida gapirdi.

Kanchelskis APL tarixidagi eng yaxshi rossiyalik legioner, Arshavin esa ikkinchi

"Ro'yxatda birinchi o'rinni Kanchelskis egalladi? U juda kuchli "Manchester Yunayted"da eng yaxshilardan biri edi. U chempion bo'lgan, u sovrinlar yutgan, shuning uchun ham uning birinchi o'rindaligi adolatdan.

Men bu ro'yxatda to'rtinchi ekanligimdan mamnunmanmi? Nima uchun yo'q? Men endi hech nimani o'zgartira olmayman-ku (kuladi)", - deya Pavlyuchenkoning so'zlarini keltirdi "Match TV".


Eslatib o'tamiz, Pavlyuchenko 2008 yildan 2012 yilgacha "Tottenxem" safida to'p tepgan. "Shporlar" tarkibida rossiyalik 78 o'yinda 21ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: matchtv.ru