"Roma" Jeko bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi, uning yillik maoshi 4,5 mln. evro
Aslanov Jasurbek
30 iyun 2015, 10:15
"Manchester Siti" hujumchisi Edin Jeko "Roma"ga o'tishga yaqin.
Rimliklar 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. Ma'lumotlarga ko'ra, Jeko "Roma" bilan 5 yillik bitim imzolaydi. Uning yillik maoshi 4,5 mln. evro bo'ladi. Endi "Roma" "Manchester Siti" bilan kelishib olsa bas.