

Mezbonlarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi (82-daqiqada almashtirildi) va 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. Forvard Sulening ajoyib uzatmasidan so'ng raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Hamyurtimizning ushbu goli o'yinda yagonaligini saqlab qoldi va Rim klubiga 3 ochkoni taqdim etdi. "Roma" ushbu g'alabadan so'ng vaqtinchalik oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi.





